» » OAV: Tramp Germaniya kansleriga mamlakat xavfsizligi ta’minlangani uchun 374 mlrd dollar to‘lash lozimligi haqidagi hujjatni topshirdi

OAV: Tramp Germaniya kansleriga mamlakat xavfsizligi ta’minlangani uchun 374 mlrd dollar to‘lash lozimligi haqidagi hujjatni topshirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkelga Berlin NATOga xavfsizligini ta’minlagani uchun 374 milliard dollar to‘lashi lozimligini anglatuvchi hujjatni topshirdi. Bu haqda nemis hukumatidagi manbalarga tayanib, Sunday Times ma’lum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”. 

Oldinroq AQSh prezidenti Germaniyaning qarzdorligi masalasida bir necha bor to‘xtalib o‘tgandi. 

“Germaniya mamlakatga taqdim etilgan qudratli va o‘ta qimmat turadigan mudofaa uchun NATO va AQShga juda katta miqdorda pul to‘lab berishi lozim”, — deya ta’kidlagandi Tramp. 

Nashrga ko‘ra, qarzdorlik haqidagi hujjat Merkelga Vashingtondagi ikki davlat rahbarlari muzokaralari chog‘ida topshirilgan.

“Bunday talablarni bildirishning mohiyati boshqa tomonni cho‘chitishdan iborat. Biroq kansler buni xotirjam qabul qildi va bu kabi qutqularga e’tibor bermaydi”, — deya fikr bildirdi nemis mansabdorlaridan biri.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya parlamenti deputatlari Trampning mamlakat NATO va AQShdan qarzdorligi haqidagi gaplaridan darg‘azab bo‘lgani bildirilgandi. 

Опубликовано: admin (27-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют