» » “Yuventus” “Manchester Siti”ga Kanseluni sotdi va Daniloni olib keldi

“Yuventus” “Manchester Siti”ga Kanseluni sotdi va Daniloni olib keldi


“Manchester Siti” klubi “Yuventus”dan Joau Kanseluni sotib oldi. Bu haqida turinliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Portugaliyalik futbolchi “shaharliklar” bilan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Kanselu “Siti” safida 27-raqam ostida harakat qiladi.

Kelishuv doirasida “Manchester Siti” himoyachisi Danilo turinliklar safiga o‘tdi. U bilan 2024-yilga qadar bitim tuzildi.

“Yuventus” rasmiy saytida taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Kanselu 65 million yevroga sotib yuborilgan, Danilo esa 37 millionga xarid qilingan. To‘lovlar ikki klub tomonidan uch yil ichida amalga oshiriladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 47) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют