» » Qirg‘iziston prezidenti Atambayev konstitutsiyani qo‘pol ravishda buzganini aytdi

Qirg‘iziston prezidenti Atambayev konstitutsiyani qo‘pol ravishda buzganini aytdi


Sooronbay Jeenbekov Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni hibsga olishda qattiq qurolli qarshilik ko‘rsatib, konstitutsiyani qo‘pol ravishda buzganini aytdi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Xabarda aytilishicha, bu haqda u 8-avgust kuni Bishkekda o‘tkazilgan xavfsizlik Kengashi majlisida ma’lum qilgan.

Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston huquqiy davlat va davlatning vazifasi barcha fuqarolarning qonun talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash ekanligini ta’kidlagan. Uning fikricha, mamlakatda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun shoshilinch choralar ko‘rish lozim.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi O‘rozbek Opumbayev, ichki ishlar vaziri Qashqar Junushaliyev, bosh prokuror O‘tkurbek Jamshitov vaziyat yuzasidan ma’lumot bergan. Majlis yakunlari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют