» » Qirg‘izistonning sobiq prezidenti hujum paytida maxsus kuchlarga qarata o‘q uzganini tan oldi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti hujum paytida maxsus kuchlarga qarata o‘q uzganini tan oldi


Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev uyiga bostirib kirgan maxsus kuchlarga qarata o‘q uzganini tan oldi. “TASS”ning xabar berishicha, bu haqda Atambayev 8-avgust kuni jurnalistlarga ma’lum qilgan.

“Mening tarafdorlarimda qurol yo‘q edi, hujum paytida shaxsan o‘zim otganman”, — degan u. Lekin shu bilan birga Atambayev odamlarga qarata otmaslikka harakat qilganini ta’kidlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum paytida qo‘lga olingan va ayni paytda uning uyida qo‘riqlanayotgan “Alfa” maxsus kuchlari xodimlarini ozod qilishda yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 7-avgust kuni Qirg‘iziston maxsus kuchlari korrupsiyada ayblanayotgan va daxlsizlik huquqidan mahrum etilgan mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qo‘lga olish operatsiyasi o‘tkazilgan.

Biroq Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uning tarafdorlari bunga qarshilik ko‘rsatgan. Operatsiya davomida bir nafar maxsus kuchlar xodimi o‘ldirilgan, 52 kishi jarohatlangan.

Unga qarshi qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etgan sobiq davlat rahbarini hibsga olishning iloji bo‘lmagan. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov Atambayevni hibsga olishda qattiq qurolli qarshilik ko‘rsatib, konstitutsiyani qo‘pol ravishda buzganini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют