» » Yunusobodda yuz bergan YTH oqibatida 10 yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi

Yunusobodda yuz bergan YTH oqibatida 10 yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi


Bugun, 8-avgust kuni soat 7:30 da “102” raqamiga Yunusobod tumanidagi Bog‘i shamol va Yangi shahar ko‘chalari chorrahasida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushdi, deb yozadi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Hyundai rusumli avtomobil haydovchisi 34 yoshli Shoxruh T. svetoforning taqiqlovchi signaliga o‘tib ketib, 29 yoshli Botir S. boshqargan Cobalt va 24 yoshli Murodjon S. boshqarib borgan Spark avtomobillari bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida Cobalt avtomobili yo‘lovchilari 40 yoshli Shukurullo A. va 32 yoshli Mahliyo K, shuningdek Hyundai avtomobili yo‘lovchisi 10 yoshli I.Shga tan jarohati yetkazilgan.

YTH oqibatida jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildi. Ammo shifokorlarning say’-harakatlariga qaramasdan, 10 yoshli I.Sh. hayotdan ko‘z yumdi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют