» » Toshkent—Urganch va Toshkent—Samarqand yo‘nalishlarida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent—Urganch va Toshkent—Samarqand yo‘nalishlarida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi


“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati Qurbon hayiti bayrami kunlari ko‘proq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish maqsadida Toshkent—Urganch—Toshkent yo‘nalishida 556/555 sonli qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilganligini ma’lum qildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent—Urganch yo‘nalishida harakatlanadigan 556-sonli qo‘shimcha poyezd 9, 11, 13-avgust kunlari Toshkent Janubiy vokzalidan soat 14:22 da, Urganch—Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 555-sonli qo‘shimcha poyezd esa 10, 12, 14-avgust kunlari Urganch vokzalidan soat 10:10 da jo‘naydi.

Shuningdek, 9-avgustdan boshlab Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 764/763 sonli “Afrosiyob” poyezdining qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, shuningdek, joylardagi temir yo‘l vokzallaridagi ma’lumotxonalarga murojaat qilib, bilib olish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют