» » Qirg‘iziston sobiq prezidenti 26-avgustga qadar hibsga olindi

Qirg‘iziston sobiq prezidenti 26-avgustga qadar hibsga olindi


Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev sud qaroriga ko‘ra 26-avgustga qadar hibsga olindi. Bu haqda Atambayevning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Sud qaroriga ko‘ra Atambayev 26-avgustga qadar hibsga olindi”, — deydi advokat. Uning so‘zlariga ko‘ra, sud qarori Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosida Pervomaysk tuman sudining sudyasi tomonidan qabul qilingan. “Sudya tergov ishlari olib borilguniga qadar Atambayevni hisbga olish bo‘yicha hukm chiqardi”, — deydi Slesarev.

Ta’kidlanishicha, sobiq prezidentni qo‘lga olish vaqtida bir qator protsessual normalar buzilgan. “Himoyam ostidagi odamni qo‘lga olish bo‘yicha hech qanday hujjat taqdim etilmagan, uni ogohlantirishgan va tezda qo‘lga olish bo‘yicha chora ko‘rilgan”, — deydi advokat.

Almazbek Atambayev 8-avgust kuni o‘zining Qo‘y-Toshdagi qishlog‘ida joylashgan uyida qo‘lga olingan edi.

Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekov Atambayev kuch tuzilmalariga qarshilik ko‘rsatib, konstitutsiyani buzganligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют