» » APLda transfer oynasi yopildi. So‘nggi kunning asosiy transferlari bitta sahifada

APLda transfer oynasi yopildi. So‘nggi kunning asosiy transferlari bitta sahifada


8-avgust, payshanba kuni Angliyada transfer oynasi rasman yopildi. So‘nggi lahzalarda bir nechta klub yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.

“Daryo” ingliz klublarining so‘nggi transfer kunida amalga oshirgan transferlarini bir sahifaga jamladi:

“Arsenal” ikki himoyachini o‘z safiga qo‘shib oldi

“Seltik” klubi chap qanot himoyachisi Kiran Tirni londonliklar bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Arsenal” futbolchi uchun 25 million funt to‘lagan.

“Kanonirlar” “Chelsi” himoyachisi David Luizni ham qo‘lga kiritdi. Xabarlarga ko‘ra, braziliyalik o‘yinchi bilan 2 yillik kelishuv imzolangan, transfer esa taxminan 8 million funt atrofida baholangan.

***

“Manchester Siti” 33 yoshli darvozabonni ijaraga oldi

“Derbi Kaunti” darvozaboni Skott Karson “shaharliklar” safiga qo‘shildi. Angliya termasining sobiq posboni amaldagi chempion tarkibida bir yil ijara asosida harakat qiladi.

***

“Everton” klubi “Arsenal” hujumchisini sotib oldi

“Arsenal” hujumchisi Aleks Ivobi faoliyatini “Everton”da davom ettiradigan bo‘ldi. 23 yoshli futbolchi Liverpul shahri klubi bilan 2024-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Transfer 35-40 million funt atrofida bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Shuningdek, “Everton” bosniyalik futbolchisi Muhammad Beshichni “Sheffild Yunayted”ga ijaraga berib yubordi.

***

“Tottenhem” ham ikkita transferni e’lon qildi

“Betis” klubi yarim himoyachisi Jovani Lo Chelso ushbu mavsumni “shporlar” safida o‘tkazadi. “Tottenhem” 23 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan 2020-yilning yoziga qadar ijaraga oldi.

“Fulhem” klubining yarim himoyachisi Rayan Sessenyon faoliyatini “Tottenhem”da davom ettiradi. Londonliklar 19 yoshli futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzolagan. Ingliz nashrlari xabarlariga ko‘ra, yosh iqtidorning transferi 25 million funt atrofida bo‘lgan.

***

“Lester” Belgiya termasi futolchisiga ega chiqdi

“Sampdoriya” yarim himoyachisi Dennis Prat lesterliklar bilan 2024-yilgacha amalda bo‘ladigan kelishuv imzoladi. Xabarlarga ko‘ra, “Lester” 25 yoshli futbolchi transferi uchun 18 million funt to‘lagan.

***

Kerroll “Nyukasl”ga qaytdi

30 yoshli angliyalik hujumchi 18 yillk tanaffusdan so‘ng o‘zi tarbiya topgan klubga qaytdi. Erkin agent maqomidagi futbolchi “hakkalar” bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

***

Ketganlar haqida

Transfer oynasining so‘nggi kunida “Chelsi” ikki futbolchisi qo‘yib yubordi. David Luiz “Arsenal” safiga o‘tgan bo‘lsa, Denni Drinkuoter yarim yilga “Byornli” safiga yo‘l oldi.

“Manchester Yunayted” hujumchisi Romelu Lukaku “Inter”ga yo‘l oldi. Mankunianlar klubi unga o‘rinbosar sotib olishga ulgurmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют