» » Nig‘matilla Yo‘ldoshev 4 ta viloyat prokuraturasi faoliyatini o‘rgandi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev 4 ta viloyat prokuraturasi faoliyatini o‘rgandi


Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, bo‘sh bino va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish va boshqa dolzarb vazifalar ijrosi, shuningdek, prokuratura organlari faoliyati bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatlarida bo‘ldi.

Tashrif davomida tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay muhit va shart-sharoitlar yaratish, mavjud to‘siq va muammolarni bartaraf etish borasida 400 ga yaqin tadbirkorlik sub’ekti bilan to‘rtta hududda alohida uchrashuvlar tashkil etilib, sohaga mas’ul idoralar, ijro va nazorat organlari, tijorat banklari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda asosiy e’tibor respublika darajasidagi muammolarga qaratildi.

Jumladan, muloqotlar davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan kredit ajratish, gaz va elektr ta’minoti, bino olish, yer maydoni ajratish, maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish, litsenziya va ruxsatnoma olish bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rildi.

Bo‘sh binolar va ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida hududlardagi idoralararo komissiyalar hisoboti eshitilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Shu bilan birga, safar davomida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatlari prokuraturalari faoliyati ham o‘rganildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют