» » Toshkentda endilikda avtobuslar bir kunda ikki marta yuviladi

Toshkentda endilikda avtobuslar bir kunda ikki marta yuviladi


“Toshshahartransxizmat” AJ o‘z tasarrufidagi yo‘nalishlarda qatnayotgan avtobuslarning sanitariya holatlarini yanada yaxshilash maqsadida jamoat transporti vositalarini bir kunda 2 marta yuvish va tozalash ishlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati xabar berdi.

Buning uchun avtobus saroylari tomonidan guruhlar tashkil etildi. Tushlik vaqtida shohbekatlarda to‘xtagan avtobuslar 5—10 daqiqa davomida yengil tozalab beriladi. Asosiy yuvish ishlari esa kechqurun avtobus yo‘nalishdan qaytgach avtosaroyda amalga oshiriladi.

Shu o‘rinda “Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddilari yo‘lovchilardan avtobuslarda yurganda tozalikka rioya etishini, transport vositalarini asrab-avaylashini so‘rab qoladi. Bu orqali ular jamoat transporti ko‘p yillar davomida benuqson xizmat qilishiga hissa qo‘shgan bo‘lishini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют