» » Chinozlik erkak 49 yoshli tanishini urib-tepib o‘ldirdi

Chinozlik erkak 49 yoshli tanishini urib-tepib o‘ldirdi


Chinoz tumanida ikki fuqaroning o‘rtasidagi janjal ulardan birining o‘limi bilan yakunlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

8-avgust kuni Toshkent viloyatining Chinoz tumani “Chorvador” mahallasida yashovchi 38 yoshli A.A. shu tumanning “Nafis” mahallasi hududida o‘zaro janjal oqibatida tanishi, “Nafis” mahallasida yashagan 49 yoshli B.A.ni tanasining turli joylariga urib-tepib, jarohatlagan.

Natijada B.A. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.A. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют