» » Surxondaryoda ayol haydovchi boshqaruvidagi Spark ishtirokida YTH yuz berdi. Oqibatda haydovchi va uning jiyani halok bo‘ldi

Surxondaryoda ayol haydovchi boshqaruvidagi Spark ishtirokida YTH yuz berdi. Oqibatda haydovchi va uning jiyani halok bo‘ldi


Surxondaryoda Spark avtomashinasining g‘ildiragi yorilishi oqibatida yo‘l harakati hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

8-avgust kuni soat 18:30 larda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumani “Yangiobod” mahallasida yashagan 44 yoshli N.B. ismli ayol Spark rusumli avtomashinasini Sherobod tumani “Guliston” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Boysun—Sherobod” yo‘lida haydab ketayotgan vaqtida avtomashinaning old o‘ng tomon g‘ildiragi yorilib ketishi oqibatida boshqaruvni eplay olmay dastlab yo‘lning o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa, so‘ngra yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urilgan.

Natijada haydovchi jarohat olib, voqea joyida vafot etgan. Avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan haydovchining 11 yoshli o‘g‘li va 15 yoshli jiyani J.I. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay haydovchining 15 yoshli jiyani vafot etgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют