» » APL. “Manchester Siti” Londonda mehmon bo‘ladi, “Tottenhem” esa “Aston Villa”ni qabul qiladi

APL. “Manchester Siti” Londonda mehmon bo‘ladi, “Tottenhem” esa “Aston Villa”ni qabul qiladi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 2019/20-yilgi mavsumiga 9-avgust kuni “Liverpul” hamda “Norvich” jamoalari bellashuvi bilan start berildi.

Yangi mavsumning ilk o‘yinida “Liverpul” “kanareykalar”ni 4:1 hisobida tor-mor etdi. 10-avgust, shanba kuni 1-tur doirasida yana 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Kunning ilk o‘yinida amaldagi chempion “Manchester Siti” Londonning “Vest Hem” klubini qabul qiladi. Bellashuv 16:30 da boshlanadi.

Shu kuni Maurisio Pochettino boshliq “Tottenhem” jamoasi yuqori divizionga qaytgan “Aston Villa”ni mehmon qiladi. Mazkur o‘yin esa 21:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Turning markaziy o‘yini esa 11-avgust, yakshanba kuni “Old Trafford”da bo‘lib o‘tadi. Unda “Manchester Yunayted” jamoasi Londonning “Chelsi” klubi bilan bellashadi.

APL

1-tur bahslari

10-avgust, shanba

11-avgust, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют