» » Xitoy rasmiylari 2,5 mingdan ortiq qochoq korrupsiyachini xorijdan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi

Xitoy rasmiylari 2,5 mingdan ortiq qochoq korrupsiyachini xorijdan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi


Xitoy rasmiylari dunyoning 90 dan ortiq davlatida yashirinishga harakat qilgan 2566 nafar qochoq korrupsiyachini xorijdan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda 2014—2016-yillarda o‘tkazilgan “Samoviy tarmoq” kampaniyasi yakunlarini tahlil qilgan China Daily ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Mamlakatga 100 nafar eng ko‘p qidirilayotgan korrupsiyachidan 39 nafari olib kelindi. Chetga olib chiqib ketilgan 8,6 milliard yuanni (1,25 milliard dollar) ham qaytarishga erishildi. 

Nashrga ko‘ra, 1283 kishi Xitoyga o‘z ixtiyori bilan qaytdi va o‘z aybiga iqror bo‘ldi. Ulardan 410 nafari mamlakat Kommunistlar partiyasi a’zosi bo‘lgan va davlat idoralarida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan. 

2014-yilda chet elga 101 davlat xizmatchisi chiqib ketishga uringan bo‘lsa, o‘tgan yili bu raqam 19 kishigacha kamaydi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют