» » APL. “Manchester Siti” safarda “Vest Hem”ga javobsiz beshta gol urdi

APL. “Manchester Siti” safarda “Vest Hem”ga javobsiz beshta gol urdi


10-avgust, shanba kuni Angliya chempionatining 1-tur uchrashuvlari davom ettirildi.

“Manchester Siti” klubi safarda “Vest Hem” bilan kuch sinashdi va yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

25-daqiqada Gabriel Jezus mankunianlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim debyutida Rahim Sterling mehmonlarning ikkinchi golini urdi.

75-daqiqada Sterling hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi va uchrashuvda dublini nishonladi. 86-daqiqada Serxio Aguero penaltini aniq bajarib, hisobni 0:4 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Sterling o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.

Shu tariqa, amaldagi chempion yangi mavsumni yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.

APL

1-tur

10-avgust, shanba

Gollar: 0:1 – 25 Gabriel Jezus, 0:2 – 51 Sterling, 0:3 – 75 Sterling, 0:4 – 86, penalti Aguero, 0:5 – 90+2 Sterling.

“Vest Hem”: Fabianski, Kressuell, Balbuena, Frederiks, Diop, Antonio (Fornals, 46), Felipe Anderson (Ernandes, 66), Uilsher (Snodgrass, 56), Lansini, Rays, Aller.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Stounz, Zinchenko, Lyaport, Silva (Foden, 80), Rodri Ernandes, Sterling, de Bryuyne (Gyundogan, 79), Marez, Gabriel Jezus (Aguero, 69).

Ogohlantirishlar: Balbuena (61), Felipe Anderson (62), Uoker (87), Sterling (90+3).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют