» » Namangan viloyat hokimi Sverdlovskda “Universitetskiy” texnoparki va Yelsin markaziga tashrif buyurdi

Namangan viloyat hokimi Sverdlovskda “Universitetskiy” texnoparki va Yelsin markaziga tashrif buyurdi


Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga 26-mart kunining tongida yetib keldi, deya xabar qiladi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Yekaterinburgda delegatsiyani Sverdlovsk viloyati hukumati rasmiy vakillari hamda “Ural o‘zbeklari ittifoqi” rahbari Z.Olloberganovlar kutib oldi.

Rejaga asosan delegatsiya a’zolari “Universitetskiy” texnoparkiga tashrif buyurdi. Zamonaviy texnika yutuqlari bilan jihozlangan texnoparkni direktor o’rinbosari M.Nuriyev tanishtirdi.

Shuningdek, kun davomida Yekaterinburgda joylashgan Rossiya Federatsiyasining birinchi prezidenti Boris Yelsin markaziga sayohat uyushtirildi.

Kun yakunida o‘zbekistonlik mehmonlar uchun “Ural o‘zbeklari ittifoqi“ jamoat tashkiloti tomonidan yuqori saviyada madaniy dastur tashkil etildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют