» » O‘zbekiston IIV Qurbon Hayiti munosabati bilan haydovchilarga murojaat qildi

O‘zbekiston IIV Qurbon Hayiti munosabati bilan haydovchilarga murojaat qildi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Hayit namoziga o‘z mashinasida keladigan fuqarolarga murojaat qildi. Qisqa murojaat matni bilan quyida tanishish mumkin.

11-avgust kuni Qurbon hayiti bayrami keng nishonlanishi munosabati bilan Hayit namozi o‘qiladigan masjidlarga yaqin ko‘chalarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida transport vositalarining qatnovi vaqtincha cheklanadi.

Hayit namoziga o‘z avtotransport vositalarida keladiganlardan Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda shu yerda xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarib, transport vositalarini boshqalarga xalaqit bermagan holda tartib bilan joylashtirishlarini, imkon qadar jamoat transporti xizmatidan foydalanishlarini so‘rab qolamiz.

Qurbon hayiti bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!

Ichki ishlar vazirligi

Mavzuga doir: Qurbon Hayiti namozi Toshkentda 11-avgustda tong soat 5:45 da o‘qiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют