» » Hindularning boshqa tillarga tarjima qilinmaydigan so‘zlari

Hindularning boshqa tillarga tarjima qilinmaydigan so‘zlari


Faqat metislar uchun vahimali bo‘lgan yomg‘ir, begonaning sochidan bit terish, muvozanatsiz turmush. Shimoliy va Janubiy Amerika hindularining Kolumbgacha bo‘lgan zamonlarga oid shu va shunga o‘xshash tarjimasi yo‘q so‘zlari haqida “PostNauka” maqolasi.

Xibip??o

Piraxan tili;

Areal: Braziliya shimoli-g‘arbi;

Ma’nosi: Paydo bo‘lish yoki yo‘qolish, chegaradan chiqish, yo‘q bo‘lib ketish yoki tug‘ilish.

Amazon o‘rmonlarida yashovchi kichik qabilaning tilida aynan bitta so‘z o‘chmagan shamni ham, daryoning burilish joyida ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan kanoe qayig‘ini ham, daraxtlar ustidan uchib o‘tgan samolyotni ham, shuningdek, ularning tilini biladigan yagona begona shaxs — lingvist Den Ervettning radiodan yangrayotgan tovushini ham ifodalaydi. Piraxanlar uchun tushunchalar chegarasidan narida hech qanday borliq mavjud emas.

Mistimanchachi

Janubiy kechua tili;

Areal: Peru janubi, Boliviya, Argentina shimoli-g‘arbi;

Ma’nosi: Yengli yomg‘ir. So‘zma-so‘z aytganda, “metislarni vahimaga soluvchi yomg‘ir”.

Avvaldan metislar deb oq tanlilar bilan aralash nikohdan tug‘ilgan bolalar nazarda tutilgan bo‘lsa-da, umumiyroq ma’noda bu so‘z bilan har qanday begona, o‘zga yurtdan kelgan odam hamda shaharliklar aytiladi. Iboraning ma’nosi shundaki, haqiqiy (qoni toza) hindu bunday yomg‘irda ham daladagi ishni tashlab ketmaydi va hech narsa bo‘lmagandek ishlashda davom etaveradi.

Yuputka

Ulva tili;

Areal: Nikaraguaning Karib dengizi sohillari;

Ma’nosi: Tunda changalzorga borganda terining jimirlab ketishi.

Potlatch

Chinuk jargoni;

Areal: Kanada va AQShning Tinch okeani qirg‘oqlari;

Ma’nosi: Ritual sovg‘a-salomlar almashinish hamda moddiy boyliklarni namoyishkorona yo‘q qilish marosimlari bilan kechadigan bayram.

Bunday bayramlar qabila va urug‘lar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning asosiy turi hamda urug‘larning ramziy ierarxiyasini ma’qullash usuli bo‘lgan: eng katta hokimiyat boshqalardan ko‘ra ko‘proq mulklarni sovg‘a qilgan va yo‘q qilgan sardorda bo‘ladi.

Lekil kuxlejal

Seltal tili;

Areal: Meksikaning Chiapas shtati tog‘lari;

Ma’nosi: Munosib yashab o‘tilgan, muvozanatli hayot

Mayalarning avlodi bo‘lgan seltal qabilasi hindulari uchun bu so‘z asosiy hayotiy tushunchadir. U shaxs bilan, tabiat, borliq hamda jamiyatning uyg‘unlikda, totuvlikda yashashi kerakligini nazarda tutadi. Seltallarning an’anaviy turmush tarzi jamoaning barcha a’zolari uchun nafaqat bu yorug‘ olamda, balki narigi dunyoda ham lekil kuxlejal’ga erishishga xizmat qiladigan o‘zaro ahillikda yashash asosiga qurilgan.

Koyaanisqatsi

Xopi tili;

Areal: AQShning Arizona shtati shimoli-sharqi;

Ma’nosi: Muvozanatdan chiqib ketgan turmush tarzi.

Сuitlacochin

Nauatl tili;

Areal: Markaziy Meksika;

Ma’nosi: Munosib yashab o‘tilgan, muvozanatli hayot.

Yomg‘irlar mavsumi paytida makkajo‘xori so‘tasini zararlaydigan zambrug‘ turi. Aynan tarjimasi “iflos joyda uxlamoq”.

Atsteklar zamonasidan buyon zambrug‘ bilan zararlangan makkajo‘xori so‘tasi “Meksika tryufeli” nomli tansiq taom hisoblanadi.

Mamihlapinatapai

Yagan tili;

Areal: Olovli Yer oroli, Chili;

Ma’nosi: Suhbatlashayotgan ikki kishining endi nima qilishni bilmasdan, bir-biriga qarab indamay qotib turishi.

Mamihlapinatapai — “ikkalasi ham aytishni xohlayotgan gapni birinchi bo‘lib suhbatdosh boshlashini kutib, bir-biriga jim ko‘z tikib turish holati” deb tarjima qilinadigan  so‘z bo‘lib, Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, jahondagi eng qiyin tarjima qilinadigan va ma’no ko‘lami eng katta so‘z hisoblanadi.

Dona

Yagan tili;

Areal: Olovli Yer oroli, Chili;

Ma’nosi: Birovning boshidan bit terish va uni tishda ezg‘ilab o‘ldirish.

Ondinnonk

Guron tili;

Areal: Buyuk ko‘llar hududi, AQSh va Kanada;

Ma’nosi: Ruhning tushda ayon bo‘ladigan maxfiy rejalari.

Missioner-iyezuitlarning XVII asrga oid qaydlariga ko‘ra, yomon tush ta’birida kutiladigan ko‘ngilsizliklarning oldini olish bilan bog‘liq ritual irim-sirimlar guronlarning diniy qarashlarining mohiyatini tashkil qilgan.

Aipak

Inyupik tili;

Areal: Alyaska, AQSh;

Ma’nosi: So‘zma-so‘z tarjimasi “mening boshqam”. Ma’nosi gapirayotgan odamning eri yoki xotini timsoli bo‘lib turgan shaxs.

Eskimoslar orasida nasroniylik dini yoyilguniga qadar bo‘lgan paytlarda ularda qat’iy qoidalar bilan nazorat qilinadigan xotinlarni vaqtincha almashinib turish an’anasi bo‘lgan. Buning maqsadi qarindoshlik aloqalarini mustahkamlash edi. Begona hududga kelib qolgan ovchi mahalliy odamlar ichida o‘zining ota-onasi bilan shunday aloqalarga ega bo‘lgan oilaga mansub o‘gay ukasi (katuk) yoki singlisidan (katagiik) yordam olish mumkin bo‘lgan.

Qarrtsiluni

Inyupik tili;

Areal: Alyaska, AQSh;

Ma’nosi: Qorong‘uda birga o‘tirish.

Quauhxicalli

Eski nauatl tili;

Areal: Markaziy Meksika;

Ma’nosi: Qurbonlik marosimlari vaqtida odamning yuragi va qoni qo‘yiladigan maxsus yapoloq tosh lagan. Aynan tarjimasi “burgut idishi”.

Bu tosh lagan ba’zan haqiqatan ham burgut shaklida yo‘nilgan, ba’zan esa unga yaguar shakli berilgan. Atsteklar mifologiyasiga ko‘ra, bu ikki jonivor va qurbonlik qilinayotgan odam yuragi timsoli bo‘lmish Quyosh o‘zaro chambarchas bog‘liq deb hisoblangan. Atsteklar borliqdagi hamma narsa ma’budlarning mashaqqati evaziga bunyod bo‘lgan deb o‘ylagan. Qurbonlik marosimlari, shu jumladan, odamlarni qurbonlikka keltirish orqali ular go‘yoki ma’budlarga bu borliqni mashaqqat bilan bunyod qilganliklari uchun ehtirom ko‘rsatishgan. Shuningdek, mazkur qurbonlik — borliqni bundan keyin ham mavjud bo‘lishi uchun xizmat qiladi deb ishonishgan. Ular go‘yoki shu tariqa borliqni barpo qilishni davom ettirishda ma’budlar ishini takrorlayapmiz deb o‘ylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют