» » OAV: Shimoliy Koreya xorijga ishchi kuchi yetkazib berish va qalbaki brend mahsulotlari sotish orqali yiliga 1—2 milliard dollar topmoqda

OAV: Shimoliy Koreya xorijga ishchi kuchi yetkazib berish va qalbaki brend mahsulotlari sotish orqali yiliga 1—2 milliard dollar topmoqda


Shimoliy Koreya xorijga ishchi kuchi yetkazib berish va qalbaki brend mahsulotlari sotish orqali yiliga 1—2 milliard dollar topmoqda. Bu haqda Vashington siyosiy tadqiqotlar instituti ekspertlari xulosasiga tayanib, Yaponiyaning “Iomiuri” gazetasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Pxenyan oxirgi paytlarda bunday iqtisodiy faoliyat markazini Janubi—Sharqiy Osiyodan Fors ko‘rfazi davlatlariga ko‘chirmoqda. KXDR bu mamlakatlarning Saudiya Arabistonidan tashqari barchasi bilan diplomatik aloqalarga ega. 

Fors ko‘rfazi davlatlarida (asosan Kuvayt va Qatarda) 15 minggacha bo‘lgan Shimoliy koreyalik ishchi va texniklar xizmat qiladi. Shuningdek, bu yerda KXDR tomonidan qonuniy asosda ochilgan restoranlar faoliyat ko‘rsatmoqda va ular mazkur mamlakat uchun valyuta daromadlarining muhim manbasiga aylangan. 

Ko‘rfaz davlatlarida Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan qalbaki brend mahsulolari, jumladan, soatlar, sumkalar ham sotilmoqda. Ularning soni Xitoy yoki Turkiyada tayyorlangan shunday mahsulotlardan kam bo‘lsa-da, sifati yuqori hisoblanadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют