» » Samarqand xalqaro aeroportida qiymati 8 million so‘mdan ziyod bo‘lgan 62 dona atir ushlab qolindi

Samarqand xalqaro aeroportida qiymati 8 million so‘mdan ziyod bo‘lgan 62 dona atir ushlab qolindi


Moskvadan “Sheremetevo—Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro A.A. Samarqand xalqaro aeroportida “Yashil yo‘lak”dan o‘tayotganida bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan. Unga tegishli yuk xaltasi xolislar ishtirokida tekshirilganda fuqaroning sumkasida umumiy qiymati 8 million so‘mdan ziyod bo‘lgan 62 dona atir mahsulotlari borligi aniqlangan. Bu haqda Samarqand viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi deb yozadi Zarnews.

Ma’lum qilinicha sud majlisida fuqaro A.A. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga asosan huquqbuzarlik sodir qilgan, deb topildi va eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan. Noqonuniy keltirilgan atir mahsulotlari esa tegishli tartibda davlat foydasiga musodara qilingan.

“Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartib-qoidaga ko‘ra, jismoniy shaxslar bojxona chegaralari orqali 3 donadan ko‘p bo‘lmagan atir va ifor taratuvchi suvlarni bojxona to‘lovlarisiz olib kirishi mumkin”,—deb yoziladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют