» » O‘zbekistonda kelgusi hafta havo harorati pasayadi

O‘zbekistonda kelgusi hafta havo harorati pasayadi


Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda 13—16-avgust kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-14 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15 avgustda 13-18, 16 avgustda 15-20 daraja issiq bo‘ladi, kunduzi 13-14 avgustda 23-28, 15-16 avgustda 28-33 darajagacha ko‘tariladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20, kunduzi 13 avgustda 30-35, 14-16 avgustda 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 avgustda 18-23, 14-16 avgustda 15-20, kunduzi 13 avgustda 30-35, 14-15 avgustda 25-30, 16 avgustda 27-32 daraja issiq bo‘ladi,.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13 avgustda 20-25, 14 avgustda 18-23, 15-16 avgustda 15-20, kunduzi 13 avgustda 32-37, 14-16 avgustda 29-34 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 avgustda kechasi 18-23, kunduzi 30-35, 14-16 avgustda kechasi 15-20, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-15 avgustda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-14 avgustda 12-17, 15-16 avgustda 10-15 bo‘ladi, kunduzi 13 avgustda 20-25, 14-16 avgustda 15-20 daraja issiq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют