» » Yangi “Bobur” bog‘i qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Yangi “Bobur” bog‘i qanday ko‘rinishda bo‘ladi?


Biroz vaqt avval Toshkent aholisi sobiq Eko-bog‘ hududida ba’zi o‘zgarishlar yuz berayotganligiga e’tibor qaratdi. Bog‘ hududi atrofi o‘ralganligi va u yerda qurilish ishlari olib borilayotganligini tez-tez ko‘rish mumkin.

Ba’zi fuqarolarda bu harakatlar “Yangi bog‘ o‘rnida nima bo‘ladi?” degan tashvishli savolni yuzaga keltirdi. Nahotki barcha daraxtlar kesib tashlansa? “Daryo” muxbirlari bu savollarga javob topish maqsadida qurilish hududiga yo‘l oldi.

Bayram kuni bog‘da muxbirlarni karnay va surnay sadolari, palov va sumalakning yoqimli hidi hamda bayram yarmarkasi qarshi oldi. Yangi bog‘ qurilish boshqarmasi rahbari Baxtiyor Saidov bizni qiziqtirgan savollarga javob berishga rozi bo‘ldi.

– Firmangiz bog‘ hududini sotib olganligi rostmi?

– Bizga tez-tez bu savolni berishadi. Aslida O‘zbekistonda bog‘lar sotilmaydi: ular Madaniyat ishlari bo‘yicha davlat boshqarmasi balansida bo‘lib, hech bir kompaniya bog‘ni shunchaki sotib olib, undagi daraxtlarni kesib, u yerda, masalan, zavod qura olmaydi.

Yaqinda “Bobur” nomidagi bog‘ deb qayta nomlangan mazkur joyga kelsak, uni obodonlashtirish kompaniyamizga ishonib topshirildi. Kompaniyamiz esa arxitekturaviy reja ishlab chiqdi va uni yaqin muddatlarda amalga oshirish majburiyatini oldi. Yangilangan bog‘ning ochilishini joriy yilning 1-iyuniga belgilaganmiz.

– Hududni qurilish ishlari uchun ochish daraxtlarning bir qismini kesishni talab qilsa kerak?

– Hozirgi paytda bog‘ hududida 4 300 ta daraxt, jumladan, Yaponiya elchixonasi tomonidan hadya qilingan sakuraning 29 turi o‘smoqda. Zinhor ularni kesish niyatimiz yo‘q — aksincha, ularni saqlab qolish va qo‘shimcha besh mingga yaqin o‘simlik ekishni rejalashtirmoqdamiz.

Qurilish rejasi ko‘p yillik daraxtlardan hech birini qurbon qilmaslikni ko‘zda tutgan holda ishlab chiqildi. Qurilishga xalaqit beruvchi kichikroq daraxtlar ko‘chirib o‘tqaziladi. Faqat keksa hamda tashrif buyuruvchilar uchun xavfli xasta daraxtlargina kesib tashlanadi.

– Poytaxt aholisi va uning mehmonlarini yangilangan bog‘da nimalar kutadi?

– Biz bog‘ni attraksionlarga ega shovqinli hududga aylantirmaslikka qaror qildik, ular poytaxtda shusiz ham yetarli. Bu yerda ijtimoiy, oilaviy bog‘: dam olish, bolalar  bilan sayr qilish va ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan joyni yaratish konsepsiyasi tatbiq etiladi.

Yugurish va velo-yo‘lakchalar uchun kesishmaydigan yo‘laklar ko‘zda tutiladi. Bundan tashqari, bog‘ markazida mini-futbol, plyaj voleyboli, badminton va yoga bilan shug‘ullanish uchun to‘liq jihozlangan uchta sport zonasi, shuningdek, jamoat trenajyorlari tashkil etiladi. Trenajyor va yo‘laklardan bepul foydalanish mumkin, sport maydonchalari esa tartibsizliklarning oldini olish maqsadida nazorat qilinadi.

Bundan tashqari, sog‘lom hayot tarziga amal qiluvchilar uchun oilaviy kafe ishga tushadi, bog‘ markazida esa to‘y fotosessiyalari va boshqa kunduzgi tadbirlarni o‘tkazish mumkin bo‘lgan hudud barpo etiladi.

– Avval ushbu hududda Eko-bog‘ bor edi. Ushbu konsepsiya saqlab qolinadimi?

– Bog‘ maksimal darajada ekologik bo‘lib qolishini istaymiz. Bog‘ ichkarisida ming kvadrat metr maydonda faqat tabiiy yog‘ochdan ishlangan bolalar maydonchasi barpo etishni rejalashtirayapmiz. Shuningdek, “Lokomotiv” bog‘idagi kabi “Arg‘amchi shaharchasi”ni barpo etish rejalarimizdan joy olgan.

– Bog‘ga kirish pullik bo‘lsa kerak?

– Bog‘ga kirish barcha uchun tekin bo‘ladi. Vazifamiz — Nyu-Yorkdagi Markaziy bog‘ kabi barcha istovchilar uchun ochiq bo‘lgan ijtimoiy bog‘ ochish.

– Sizga omad tilaymiz! Bog‘ ochilishini sabrsizlik bilan kutib qolamiz!

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (27-03-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют