» » Superliga. “Bunyodkor” “Nasaf”ga yutqazib qo‘ydi, “So‘g‘diyona” esa “Qizilqum”dan ustun keldi

Superliga. “Bunyodkor” “Nasaf”ga yutqazib qo‘ydi, “So‘g‘diyona” esa “Qizilqum”dan ustun keldi


11-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 16-turi doirasida 3 ta o‘yin o‘z yakuniga yetdi.

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi o‘z maydonida Navoiyning “Qizilqum”ini qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona golga mezbon jamoa hujumchisi Shohruz Norxonov 1-bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada (45+3) mualliflik qildi.

Shu tariqa “So‘g‘diyona” o‘z uyida kechgan bahsda “Qizilqum”dan kichik hisobda ustun keldi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “So‘g‘diyona” ochkolari sonini 26 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. 12-o‘rinda borayotgan “Qizilqum” hisobida esa 14 ochko mavjud.

Turning markaziy o‘yinida Qarshining “Nasaf” klubi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuv davomida qarshiliklardan Aziz G‘aniyev (25, penalti), Bobur Abduholiqov (52) va Humoyun Murtazoyev (90+2) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “qaldirg‘ochlar”dan Shohrux Gadoyev (90) o‘z nomiga bitta gol rasmiylashtirib qo‘ydi (3:1).

O‘yin yakuniga ko‘ra, “Nasaf” “Bunyodkor” mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” 27 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinda bormoqda. “Bunyodkor” esa shuncha ochko bilan undan keyingi o‘rinni egallab turibdi.

Shu kuni Bekobodning “Metallurg” klubi “Andijon” bilan bellashdi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida Andijon klubi hujumchisi Shahzod Ubaydullayev hisobni ochgan bo‘lsa, 90+1-daqiqaga kelib Davron Isoqov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Natijada “Andijon” mehmonda “Metallurg” ustidan 2:0 ko‘rinishida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Qayd etish joiz, andijonliklar 16 ochko to‘plab 11-pog‘onaga ko‘tarilib olgan bo‘lsa, 20 ochko jamg‘argan “Metallurg” 8-o‘rinni band qilib turibdi.

16-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

Superliga

16-tur bahslari

11-avgust, yakshanba

Gol: 1:0 — 45+3 Shohruz Norxonov

Gollar: 1:0 — 25, penalti, Aziz G‘aniyev, 2:0 — 52 Bobur Abduholiqov, 2:1 — 90 Shohrux Gadoyev, 3:1 — 90+2 Humoyun Murtazoyev

Gol: 0:1 — 33 Shahzod Ubaydullayev, 0:2 — 90+1 Davron Isoqov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют