» » APL. “Manchester Yunayted” “Chelsi” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi (video)

APL. “Manchester Yunayted” “Chelsi” darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi (video)


11-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasi 1-turining markaziy o‘yinida Ole-Gunnar Sulsher qo‘l ostidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford”da Frenk Lempard boshqaruviga o‘tgan Londonning “Chelsi” klubini qabul qildi.

Uchrashuv davomida “mankunianlar” hujumchisi Markus Reshford dublga erishgan bo‘lsa (18—penalti, 67), Antoni Marsial (65) hamda Deniel Jeyms (81) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Frenk Lempard “Chelsi” murabbiyligida Premyer ligada debyut uchrashuvidayoq “Manchester Yunayted”ga yirik 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

1-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

APL

1-tur bahsi

Gollar: 1:0 – 18, penalti Reshford, 2:0 – 65 Marsial, 3:0 – 67 Reshford, 4:0 – 81 Jeyms.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Lindelyof, Uan-Bissaka, Maguayr, Shou, Pogba, Lingard (Mata, 86), Maktominay, Pereyra (Jeyms, 74), Marsial, Reshford (Grinvud, 86)

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Emerson, Kristensen, Maunt, Barkli (Pulishich, 58), Jorjinyo (Kante, 73), Kovachich, Pedro, Abraham (Jiru, 66)

Ogohlantirishlar: Zuma (36), Lingard (48), Jorjinyo (52), Abraham (57), Lindelyof (69), Marsial (80), Kante (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют