» » Turkmaniston prezidentiga Medvedev ko‘rsatgan Aurus avtomobili yoqib qoldi

Turkmaniston prezidentiga Medvedev ko‘rsatgan Aurus avtomobili yoqib qoldi


Turkmaniston Rossiyaning Aurus avtomobillarining barcha yangi turlarini sotib olish niyatida, deb xabar bermoqda “TASS”. Shunday modellardan birining maxsus nusxasi 12-avgustda Turkmanboshi shahridagi birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi (KIF)da namoyish etildi.

Turmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevni tadbir oldidan kutib oldi. Ular Turmanistondagi KIFda namoyish etish uchun iyul oyida maxsus ishlab chiqarilgan lustre white (yorqin oq) rangidagi Aurus Senat avtomobilini birgalikda ko‘zdan kechirdi.

Ular avtomobilning afzalliklarini muhokama qildi, shundan so‘ng Berdimuhamedov Ashxobod Aurus avtomobillar qatorining barcha modellarini sotib olish niyatida ekanligini bildirdi. “Buyurtma qabul qilindi”, deb javob bergan Medvedev.

Aurus saloni KIFda namoyish etish uchun yagona nusxada ishlangan bo‘lib, unda Rossiyada ishlab chiqarilgan och rangli materiallardan foydalanilgan. Avtomobilga V8 dvigatelli 9 pog‘onali uzatmalar korobkasi va elektromotor o‘rnatilgan. Qurilmaning umumiy sig‘imi 660 l/s bo‘lib, bu 3 tonnalik avtomobilga tezlikni 6 soniyada 100 kilometrga oshirish imkonini beradi. Umumiy hisobda ushbu brend ostida 4 ta model ishlab chiqariladi: sedan, limuzin, yo‘ltanlamas va miniven.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют