» » Samarqandda 25 yoshli haydovchini jarohatlab, uning Nexia’sini olib qochgan yo‘lovchilar qo‘lga olindi

Samarqandda 25 yoshli haydovchini jarohatlab, uning Nexia’sini olib qochgan yo‘lovchilar qo‘lga olindi


Samarqandda ikki noma’lum shaxs 25 yoshli J.B. boshqaruvidagi Nexia’ga yo‘lovchi sifatida o‘tirib, Pastdarg‘om tumani Juma shahri To‘rttom mahallasi hududida haydovchiga tan jarohati yetkazib, avtomashinani olib qochgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, voqea 11-avgust kuni soat tungi 01:00 larda sodir bo‘lgan.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida mashina Elbek mahallasi hududidan old chap g‘ildiragi yorilgan holda topilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida jinoyatni To‘rttom mahallasida yashovchi, muqaddam sudlangan 20 yoshli M.O. va Nurobod tumani Baraka ko‘chasida yashovchi 24 yoshli X.N. sodir etgani aniqlanib, jinoyatchilar qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 70) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют