» » Amu—Buxoro kanali ustida barpo etilgan yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi

Amu—Buxoro kanali ustida barpo etilgan yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi


Buxoro viloyatida O‘zbekiston milliy avtomagistrali tizimidagi Qorovulbozor tumani orqali o‘tuvchi “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” xalqaro yo‘lidagi viloyatlararo Amu—Buxoro mashina kanali ustida barpo etilgan yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi, deya xabar qiladi O‘zA.

Investitsiya dasturiga kirgan ushbu obyektda “Qashqadaryo ko‘prik xo‘jalik ixtisoslashtirilgan saqlash ta’mirlash va foydalanish” boshqarmasi jamoasi tomonidan 11,8 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi.

Ko‘prik avvalgisiga nisbatan uch barobar keng bo‘lib, eni 27, uzunligi 72 metrni tashkil etadi. To‘rt polosali yo‘ldagi yangi ko‘prikning o‘tkazish qobiliyati, harakat xavfsizligini ta’minlash darajasi keskin oshdi. Inshootning ikki tomonida piyodalar uchun yo‘laklar barpo etilgan.

Xalqaro ahamiyatdagi ushbu avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari davom ettiriladi. Investitsiya dasturi doirasida yangi ko‘prikning ikki tomonidagi avtotrassaning 5 kilometrlik qismi qayta quriladi.

Sh.Egamov, “Buxoroavtoyo‘l” hududiy yo‘llardan foydalanish tashkiloti direktori o‘rinbosari

Mavzuga doir: Amu-Buxoro kanali ustidan o‘tgan eski ko‘prik 2016 yilda qulagan edi. Yangisi Navro‘zda foydalanishga topshiriladi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют