» » “Toshkent—Chimyon” yo‘lida ko‘chki sodir bo‘ldi. Yo‘lning 13 kilometri vaqtincha yopilgan

“Toshkent—Chimyon” yo‘lida ko‘chki sodir bo‘ldi. Yo‘lning 13 kilometri vaqtincha yopilgan


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani Uchterak qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 4R6 “Toshkent—Chirchiq—Chimyon” avtomobil yo‘lining 69-kilometrida, “G‘azalkent—Chimyon” yo‘nalishida 2 metr kenglikdagi, uzunligi 15—20 metr bo‘lgan yo‘lning qatnov qismida ko‘chki yuzaga kelgan.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, 27-mart kuni soat 9:00 larda ushbu ko‘chki sodir bo‘lgan joyning maydoni 4—4,5 metr kenglikka va 35—40 metr uzunlikka kattalashgan.

“Sodir bo‘lgan ko‘chki natijasida mahalliy aholiga va turar joy binolariga zarar yetmagan”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Xabar berishlaricha, tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilguniga qadar, 4R6 “Toshkent—Chirchiq—Chimyon” avtomobil yo‘lining 58-kilometridan 71-kilometrigacha avtomobillarning harakatlanishi to‘xtatilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют