» » Kiyim xarid qilgandan so‘ng afsuslanmaslik uchun nima qilish kerak?

Kiyim xarid qilgandan so‘ng afsuslanmaslik uchun nima qilish kerak?


Har bir kishi umrida bir marta bo‘lsa ham, o‘ziga mos kelmaydigan va keyin kiyilmay qolgan buyum sotib olgan bo‘lsa kerak. Hafsalangiz pir bo‘lmasligi va pulingizni ham, vaqtingizni ham bekorga sarflamaslik uchun mana bu oddiy maslahatlardan foydalaning.

Biror narsa sotib olishdan oldin bir nechta savollarga javob bering.

Bu kiyimni nima bilan kiya olaman? Agar siz liboslaringiz orasidan yangi buyum bilan birga kiyiladigan kamida ikkita kiyimni eslay olmasangiz, yaxshisi uni sotib olishdan voz keching.

Bu kiyimni qayerga va qaysi vaqtlarda kiya olaman? Siz yangi kiyimni haqiqatan ham kiyishingizga ishonch hosil qilishingiz kerak. Shuning uchun, u kundalik kiyish uchunmi yoki ayrim hollarda kiyishga mos kelishi to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Agar siz uni hech bo‘lmasa onda-sonda bo‘lsa ham kiyishingizga ishonsangiz, sotib olishingiz mumkin.

Bu kiyimni tozalash osonmi? Pul sarflashdan oldin yorliqdagi tozalash ko‘rsatmasiga qarang. Yashash sharoitingizni va buyumni tez-tez kimyoviy tozalash uchun berishga yoki qo‘lda yuvishga tayyorligingizni real baholashga harakat qilib ko‘ring.

Bu kiyimda o‘zimni qanday his qilyapman? Bu kiyimda o‘zingizni qanday his qilayotganingizni anglash muhim. Agar siz uni kiyganda o‘zingizni biroz bo‘lsa-da noqulay sezsangiz, yaxshisi sotib olmang. Faqat kiyganingizda o‘zingizni 100% qulay sezadigan kiyimlarni sotib oling.

Manba: “Apartmenttherapy.com”

Опубликовано: admin (27-03-2017, 21:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют