» » Endilikda Hindistonga 29 xil qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksport qilinadi

Endilikda Hindistonga 29 xil qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksport qilinadi


Joriy yilning 6-avgust kuni Hindiston Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vazirligida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi o‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ibrohim Ergashev rahbarligidagi delegatsiya hamda Hindiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi davlat vaziri P.Rupala o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Muloqot davomida mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyevning 30-sentabr — 1-oktabr kunlari Hindistonga bo‘lib o‘tgan davlat tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqani e’tirof etildi. O‘z navbatida tashrif doirasida “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi hamda Hindiston Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokol imzolanishi o‘zaro manfaatli kelishuvlarga zamin yaratgani ta’kidlandi.

Muzokaralar natijasida O‘zbekistondan Hindistonga 29 xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (qovun, limon, no‘xat, pista, anor urug‘lari, zanjabil, grek yong‘og‘i, yeryong‘oq, uzum, loviya, o‘rik, olxo‘ri, olcha, gilos, olma, shaftoli, nok, achchiq qalampir, piyoz, sabzi, kartoshka, bulg‘or qalampiri, kovul, ukrop, rayhon, yalpiz, petrushka, selderey) eksport qilinishiga ruxsat olindi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan davrda Hindistonga O‘zbekistondan 7 xil qishloq xo‘jaligi mahsuloti — gilos, olcha, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, mosh, mayiz eksport qilingan.

Demak, endilikda o‘zbekistonlik dehqon-fermerlar tomonidan yetishtirilgan yana bir nechta turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Hindistonga eksport qilish imkoniyati yuzaga keldi.

Muloqot davomida, shuningdek, tomonlar malaka oshirish va tajriba almashish masalasini muhokama qildi. Xususan, inspeksiya mutaxassislari 2019—2020-yillarda hind diyorining ixtisoslashgan muassasalarida sohaga oid zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili ham 25 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis Hindiston karantin xizmati tomonidan tashkil etilgan o‘quv seminarida muvaffaqiyatli qatnashgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют