» » Shavkat Mirziyoyev: Shuncha sharoit yaratyapmiz, texnologiyalar olib kelyapmiz, rahbarlar esa osongina import qilishga o‘rgangan

Shavkat Mirziyoyev: Shuncha sharoit yaratyapmiz, texnologiyalar olib kelyapmiz, rahbarlar esa osongina import qilishga o‘rgangan


O‘zbekiston Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektorda yana bir muhim soha — mahalliylashtirishni kengaytirish masalasi atroflicha tahlil qilindi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymat yaratish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish iqtisodiyot barqarorligining muhim omilidir. Shu bois mamlakatda mahalliylashtirishni rivojlantirish, korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga zarur sharoit yaratilmoqda.

Lekin ayrim tarmoq hamda hududlarda mahalliylashtirish bo‘yicha ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilgani tanqid qilindi.

“Shuncha sharoit yaratyapmiz, texnologiyalar olib kelyapmiz. Joylardagi rahbarlar esa o‘zini qiynamay, mahalliylashtirish ustida ishlash o‘rniga osongina import qilishga o‘rgangan”, — dedi Prezident.

O‘zbekistonda molibdenning 1,1 foizi, tabiiy gazning 12 foizi, ruxning 21 foizi, misning 25 foizi, meva-sabzavotlarning 20 foizi, ip-kalavaning 46 foizi qayta ishlanmoqda, xolos. Agar bu xomashyolar chuqur qayta ishlansa, qo‘shilgan qiymatni 5 baravargacha oshirish mumkinligi ta’kidlandi.

Vazirlar Mahkamasiga barcha tarmoq va hududlar korxonalarida mahalliylashtirilgan tovar ishlab chiqarish hajmini kelgusi ikki yilda kamida 20 foizga oshirish, import ulushi yuqori bo‘lgan tovarlarni mahalliylashtirish bo‘yicha dastur tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

Hisob palatasi tarkibida mahalliylashtirishni kengaytirish masalalarini tahlil qiladigan bo‘linma tashkil etish zarurligi qayd etildi.

Videoselektorda tarmoqlar hamda hududlar rahbarlarining hisobot va takliflari eshitildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют