» » Toshkentda xususiy tadbirkorni 6000 dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda xususiy tadbirkorni 6000 dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkentda xususiy tadbirkorning 6000 dollarini o‘zlashtirgan firibgar hibsga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

2018-yilning oktabr oyida Chilonzor tumanida 34 yoshli Jamoliddin X. 36 yoshli xususiy tadbirkor Dilshod Shga Qozog‘istondan bolalar tagliklarini olib kelib sotishni taklif qilib, olti kun ichida mahsulotni yetkazib berishini aytadi va shu bahona Dilshod Sh.dan 6000 AQSh dollarini oladi.

Shundan keyin u va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют