» » Xitoy bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha samarali kelishuvga erishildi

Xitoy bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha samarali kelishuvga erishildi


O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoyning bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi Sifat, nazorat, inspeksiya va karantin bo‘yicha bosh ma’muriyati o‘rtasida 2017-yil 5-iyulda imzolangan kelishuvga muvofiq, hozirga qadar O‘zbekistondan Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari faqatgina havo yo‘llari orqali eksport qilinayotgan edi.

Respublikaning karantin ostidagi mahsulotlari, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining Xitoy Xalq Respublikasi bozoriga eksporti hajmini oshirish, tadbirkorlik subyektlariga yanada qulayliklar yaratish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportidagi raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan yangi infratuzilma yaratish maqsadida, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi va Xitoy Xalq Respublikasining Bosh bojxona boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Jumladan, XXR tarafi joriy yilning avgust oyidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari O‘zbekistondan Xitoyga nafaqat havo yo‘llari orqali, balki yer usti transportlarida Xorgos (Qozog‘iston), Alashankou (Qozog‘iston) va Irkeshtam (Qirg‘iziston) chegara maskanlari orqali eksport qilinishiga ruxsat berilganligini tasdiqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют