» » O‘zbekistonda soliq hisoboti va hisob-fakturalarda XXTUT kodi IFTUT kodiga o‘zgardi

O‘zbekistonda soliq hisoboti va hisob-fakturalarda XXTUT kodi IFTUT kodiga o‘zgardi


Yuridik shaxslar soliq hisoboti va hisob-fakturalar shakllarida XXTUT kodi o‘rniga IFTUT kodi aks ettirilishi lozim. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan yangi tartiblar o‘rnatildi. O‘zgarishlar 22-martdan kuchga kirgan.

Xalq xo‘jaligi tarmoqlari umumdavlat tasnifnomasi (XXTUT) kodi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 24-avgustdagi qaroriga asosan iqtisodiy faoliyat turlari xalqaro tasnifnomasiga o‘tilishi munosabati bilan iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasnifnomasi (IFTUT) kodiga o‘zgartirildi.

“Norma.uz”ning yozishicha, yuridik shaxs hisob-fakturani rasmiylashtirishda majburiy tartibda unda ham o‘z tashkiloti, ham xaridor (buyurtmachi) IFTUT kodini ko‘rsatishi lozim.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют