» » O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi Namangan viloyatida sayyor qabullar o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi Namangan viloyatida sayyor qabullar o‘tkazmoqda


O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” doirasida Namangan viloyatida sayyor qabullar o‘tkazadi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, viloyatdagi dastlabki sayyor qabullar 27-mart kuni Chust tuman hokimligida viloyatning Chust, Pop va Kosonsoy tumanlari aholisi uchun, Namangan shahar hokimligida esa Namangan shahri, Namangan tumani va Mingbuloq tumani aholisi uchun tashkil etilgan.

Tursunxon Xudoybergenov 28-mart kuni viloyatning Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligida Yangiqo‘rg‘on, Chortoq, To‘raqo‘rg‘on tumanlari uchun, Uchqo‘rg‘on tumani hokimligida esa Uchqo‘rg‘on, Uychi va Norin tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazadi.

Sayyor qabullar davomida aholi o‘zini qiynayotgan muammolar bilan Prezident davlat maslahatchisiga murojaat qilishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют