» » Keniya armiyasi Somali janubida 31 jangarini yo‘q qildi

Keniya armiyasi Somali janubida 31 jangarini yo‘q qildi


Keniya Qurolli Kuchlari Somalidagi “Ash-Shabob” terrorchilik tashkilotining ikkita bazasida o‘tkazgan reydi natijasida 31 jangarini yo‘q qildi. Bu haqida “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Agentlikning xabariga ko‘ra, operatsiya Somali janubidagi Jubalend viloyatida o‘tkazilgan.

“Quruqlikdagi qo‘shinlar vertolyotlar hamda artilleriya ko‘magi ostida harakat qildi”, — deyiladi Keniya Qurolli Kuchlari bayonotida.

Xabar berishlaricha, operatsiya davomida keniyalik harbiylar jangarilarning qurol-aslahalarini qo‘lga kiritgan.

Keniya harbiylari Somali hudududa Afrika Ittifoqining tinchlikparvar missiyasi (AMISOM) doirasida harakat qilmoqda.

“Ash-Shabob” terrorchilik tashkiloti Somalidagi markaziy hokimiyatga qarshi qurolli kurash olib bormoqda va BMTning gumanitar faoliyatiga xalal bermoqda. Guruh 2008-yili AQSh tomonidan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют