» » O‘zbekistonda Sharof Rashidovning 100 yilligi nishonlanadi

O‘zbekistonda Sharof Rashidovning 100 yilligi nishonlanadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, ushbu qaror O‘zbekistonni “juda murakkab va og‘ir yillarda boshqarib, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan, ijtimoiy va ijodiy faoliyati bilan milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan atoqli davlat arbobi, taniqli yozuvchi Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash hamda tavalludining100 yilligini munosib nishonlash maqsadida” qabul qilingan.

Ma’lum qilishlaricha, Sharof Rashidovning 100 yilligini butun mamlakat bo‘ylab nishonlash taklifi O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va jamoatchilik vakillari tomonidan berilgan.

Qarorga muvofiq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida uning xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi barpo etiladi va haykali o‘rnatiladi, Jizzax shahrida esa uning memorial uy-muzeyi tashkil etiladi.

Yozuvchilar uyushmasiga Sharof Rashidovning “Saylanma”si hamda hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Xalqimizning otashqalb farzandi” nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, Sharof Rashidov haqida hujjatli film ham yaratiladi.

Bundan tashqari, Prezident qaroriga ko‘ra, “Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda xotira tadbirlari tashkil etish, 2017-yil noyabr oyida Jizzax va Toshkent shaharlarida Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechalarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют