» » Namangan va Sverdlovsk o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi

Namangan va Sverdlovsk o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma imzolandi


Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Rossiyaning Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev 27-mart kuni ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari masalalarini muhokama qildi va hududlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha bayonnomani imzoladi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonning muhim va ishonchli hamkori hisoblanadi. Shu bois hududlar o‘rtasidagi hamkorlikka alohida urg‘u bermoqdamiz. Bu tashrif ulkan imkoniyat va salohiyatga ega bo‘lgan Sverdlovsk viloyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi birinchi qadamimizdir. O‘zaro savdo hajmini sezilarli ravishda oshirishdan manfaatdormiz. Turli sohalarda — metallurgiyadan tortib, qishloq xo‘jaligigicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyormiz.

Xayrullo Bozorov, Namangan viloyati hokimi

Yevgeniy Kuyvashevning fikricha, mashinasozlik, energetika, tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi, tekstil sanoati sohasidagi o‘zaro hamkorlik hamda Namaganda infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishning kelajagi porloq.

Sverdlovsk viloyati Namangan viloyatida ishlab turgan korxonalar va yangi barpo etilayotgan obyektlarda ishlab chiqarish quvvatini oshirish bo‘yicha zamonaviy texnik yechimlar taklif etishga tayyor. Tashkilotlarimiz mahsulotlari ham O‘zbekiston hukumati davlat dasturlarini hayotga tatbiq etishda asqotishiga ishonaman. Ishonamanki, Sizning bugungi tashrifingiz ikki tomonlama hamkorlikda yangi ufqlarni ochadi

Yevgeniy Kuyvashev, Sverdlovsk viloyati gubernatori

Gubernator Sverdlovsk viloyatining O‘zbekiston meva-sabzavoti va poliz mahsulotlariga katta miqdorda ehtiyoji borligini ta’kidlab, bu borada O‘rta Ural bozoriga o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari importini oshirish bo‘yicha qulay mexanizm yaratish taklifini bildirdi.

Xayrullo Bozorov Yevgeniy Kuyvashev taklifini qo‘llab-quvvatladi va Namangan Savdo-Sanoat palatasining Uraldagi vakolatxonasi ochilishi bu boradagi birinchi qadam bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini namoyish qiluvchi shou-rumlar tashkil etish Sverdlovsk bilan savdo aloqalarini yanada kuchaytirishiga umid bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 60) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют