» » Shomurodov yana qahramon, “armiyachilar” autsayderni yuta olmadi, “Zenit”da esa g‘alaba. RPL 5-turi tafsilotlari

Shomurodov yana qahramon, “armiyachilar” autsayderni yuta olmadi, “Zenit”da esa g‘alaba. RPL 5-turi tafsilotlari


10—12-avgust kunlari futbol bo‘yicha Rossiya Premyer ligasining 5-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. “Daryo” mazkur tur sharhini e’tiboringizga havola etadi.

“Orenburg”—“Tambov”

Turni “Orenburg” va “Tambov” o‘rtasidagi uchrashuv ochib berdi. O‘yin orenburgliklar uchun alamli o‘tdi (2:2). 74-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borayotgan “Orenburg” to‘rt daqiqa ichida o‘z darvozasidan ikkita to‘p olib chiqdi.

Mazkur o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi Vadim Afonin bir bo‘lim harakat qildi. Shu tariqa, ketma-ket to‘rt turdan buyon mag‘lubiyatga uchrayotgan “Orenburg” ushbu mavsumdagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi.

“Dinamo M”—“Zenit”

Amaldagi chempion “Zenit” Moskvaga safar qildi va “Dinamo”ga qarshi bahs o‘tkazdi. Artyom Dzyuba va Magomed Ozdoyevning gollari peterburgliklar klubiga g‘alaba olib keldi (2:0). “Zenit” mazkur g‘alabadan so‘ng mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan holda peshqadamlikni mustahkamladi.

“Krasnodar”—“Rubin”

Yevropa Chempionlar Ligasining saralash o‘yinlarida qatnashayotgan “Krasnodar” o‘z maydonida “Rubin”ni qabul qildi. Ivan Ignatyevning 18-daqiqada urgan goli o‘yin taqdirini hal qildi. E’tiborli jihati, “Krasnodar” ikkinchi bo‘limni bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi, biroq qozonliklar sondagi ustunlikni hisobda aks ettira olmadi.

Mazkur o‘yinda ham O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov zaxirada qoldirildi. “Rubin” hozircha qanot himoyasini yosh futbolchilarga ishonishni ma’qul ko‘rmoqda.

SSKA—“Sochi”

Tur sensatsiyasi poytaxtda qayd etildi. SSKA kutilmaganda liga debyutanti “Sochi” bilan durang o‘ynab qo‘ydi (0:0). Viktor Goncharenko shogirdlari uch o‘yinlik g‘alabali seriyadan so‘ng ochko yo‘qotdi.

“Axmat”—“Spartak”

“Spartak” nihoyat 5-turga kelib g‘alaba qozonishga erishdi. Grozniyga safar qilgan “qizil-oq”lar “Axmat”ni ishonchli tarzda taslim etdi (3:1). Uchrashuvda Zelimxan Bakayev dubl qayd etdi, moskvaliklarning yana bir golini yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoaga olib kelingan germaniyalik hujumchi Andre Shyurrle kiritdi. Shu tariqa, birinchi turda “Sochi”ni minimal hisobda yengandan keyin g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan “Spartak” navbatdagi ochkolarini qo‘lga kiritdi.

“Rostov”—“Krilya Sovetov”

Turni yakunlab bergan bahs “Rostov” va “Krilya Sovetov” klublari o‘rtasida bo‘ldi. Mazkur o‘yinda rostovliklar Eldor Shomurodovning 33-daqiqadagi goli evaziga g‘alabani tantana qildi. O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi o‘zining aniq zarbasi bilan “Rostov”ga g‘alaba keltirish bilan birga, gollarini 4 taga yetkazib olgan holda to‘purarlar jadvalida peshqadamlardan biriga aylandi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Rostov” ochkolarini 11 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi va peshqadam “Zenit”dan ikki ochko ortda qolmoqda.

5-tur raqamlarda

Eng ko‘p tomoshabin “Rostov”—“Krilya Sovetov” uchrashuvida qayd etildi. “Rostov Arena”ga 28 674 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Ikkita o‘yinda nursiz durang qayd etilgan bo‘lsa, eng yirik hisob “Lokomotiv M”—“Ural” (4:0) uchrashuvida yuzaga keldi.

Hozirgacha ikkita jamoa (“Zenit” va “Rostov”) mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Yana ikki klub (“Sochi” va “Orenburg”) yangi mavsumda hali g‘alabaga erisha olmadi. Shuningdek, durang qayd etmagan jamoalar soni ham ikkita (“Axmat” va “Krilya Sovetov”).

Nodir Hamidxonov tayyorladi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют