» » O‘zbekistonda yana 20 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi

O‘zbekistonda yana 20 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etildi


2020-yil 1-yanvardan O‘zbekiston yana 20 ta davlat fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy etmoqda. Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Davlatlar ro‘yxati:

1. Antigua va Barbuda

2. Barbados

3. Beliz

4. Grenada

5. Dominik Respublikasi

6. Meksika

7. Gvatemala

8. Gonduras

9. Kosta-Rika

10. Kuba

11. Nikaragua

12. Panama

13. Trinidad va Tobago

14. Salvador

15. Sent-Vinsent va Grenadini

16. Sent-Lyusiya

17. Bagam Orollari

18. Dominika

19. Sent-Kits va Nevis

20. Yamayka

Joriy yil fevralidan ko‘rsatib o‘tilgan davlatlar fuqarolari elektron kirish vizasini rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘ldi.

Farmonda 2020-yil 1-yanvarga qadar Davlat xavfsizlik xizmatiga turistlarni ro‘yxatga olish, shuningdek, ularning O‘zbekiston hududida bo‘lib turishini hamda o‘z vaqtida mamlakatni tark etishini nazorat qilish, tegishli dasturiy ta’minotni ishlab chiqish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют