» » 14-avgust kuni Toshkentda yomg‘irli ob-havo kuzatiladi

14-avgust kuni Toshkentda yomg‘irli ob-havo kuzatiladi


Respublika Gidrometeorologiya markazining ma’lumotiga ko‘ra, 14-avgust kuni havo harorati biroz pasayadi, respublikaning ayrim hududlarida havo o‘zgarishi va yog‘ingarchilik kutilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18—20, kunduzi 25—27 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 13—18, kunduzi 23—28 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15—20, kunduzi 27—32 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15—20, kunduzi 25—30 daraja issiq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15—20, kunduzi 25—30 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18—23, kunduzi 29—34 daraja issiq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют