» » Farg‘ona shahrida “Nuroniylar maskani” foydalanishga topshirildi

Farg‘ona shahrida “Nuroniylar maskani” foydalanishga topshirildi


Farg‘ona shahrida zamonaviy me’morchilik asosida bunyod etilgan “Nuroniylar maskani” foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

O‘zAning yozishicha, viloyat markazida bunyod etilgan “Nuroniylar maskani” hamda “Nuroniy” jamg‘armasi Farg‘ona shahar bo‘limi binosi keksa avlod vakillariga Navro‘z tuhfasi bo‘ldi.

O‘zbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusov kabi mohir hunarmandlar qo‘lida sayqal topgan ayvonlar, jimjimador va naqshinkor bezakli ustunlar yangi ijtimoiy markaz husniga husn qo‘shgan.

“Nuroniylar maskani”da keksalar uchun barcha sharoit yaratilgan. Kutubxona, tibbiyot va maxsus trenajyorlar bilan jihozlangan davolash-jismoniy tarbiya zallari, shaxmat-shashka klubi, choyxona ular ixtiyorida.

Tantanali marosim so‘ngida nuroniylarga bayram dasturxoni yozildi. Majmuaning ochilishida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev so‘zga chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-03-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют