» » Qashqadaryoda farzandini davolatishga ko‘mak so‘rab Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan ayolning bolasi shifo topdi

Qashqadaryoda farzandini davolatishga ko‘mak so‘rab Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan ayolning bolasi shifo topdi


Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi faoliyatidan aholi mamnun, deb xabar beradi O‘zA.

G‘uzor tumani Jarariq qishlog‘ida yashovchi Dilfuza Alimardonova farzandi bo‘yin qiyshiqligi kasalligi bilan tug‘ilgani, oilasining uni davolatishga imkoniyati yo‘qligi sababli ko‘mak so‘rab, Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan.

“Murojaatim tezda qabul qilinib, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga davolanish uchun yo‘llanma berildi, – dedi D.Alimardonova. – Qo‘li yengil, malakali shifokorlarning jarrohlik amaliyotidan keyin farzandim shifo topib, bo‘ynidagi qiyshiqlik to‘g‘ri bo‘ldi”.

Murojaat qilayotgan har bir fuqaroning ariza va shikoyati xolisona, o‘z vaqtida ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etilmoqda. O‘tgan davrda Xalq qabulxonalariga viloyat bo‘yicha 2063 fuqaro murojaat qilgan bo‘lsa, ularning asosiy qismi bandlik, uy-joy, pensiya va nafaqa, sud, tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot sohalariga oid. Aholi tomonidan bildirilgan muammolarning ko‘pchiligi shu yerning o‘zida yechimini topmoqda, qolganlari nazoratga olinmoqda.

Murojaat qiluvchilar uchun Xalq qabulxonalarida barcha qulaylik yaratilgan. Zamonaviy jihozlangan ona va bola, tibbiyot xonalari, kutish zallari fuqarolar ixtiyorida.

“Ko‘pdan buyon uy-joy masalasida qiynalayotgan edik, – dedi Koson tumani Nartibaland mahallasida yashovchi fuqaro Sanobar Sanaqulova. – Shu bois yer uchastkasi ajratilishini so‘rab murojaat qildik. So‘rovimiz qisqa muddatda qondirilib, to‘rt sotix yer maydoniga ega bo‘ldik”.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют