» » Toshkent davlat stomatologiya institutida isroillik mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi

Toshkent davlat stomatologiya institutida isroillik mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazildi


Toshkent davlat stomatologiya institutida tibbiy ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida jahon ilm-fan yutuqlari yuzasidan mahorat darslari o‘tkazildi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston olimlari, shifokorlar, talabalar va isroillik mutaxassislar ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Toshkent davlat stomatologiya instituti prorektori M.Do‘stmuhamedov va boshqalar sog‘liqni saqlash tizimini isloh etish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligini yuksaltirishda tibbiy ta’lim tizimini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Isroildan kelgan mutaxassislar ishtirokida o‘tgan tadbirda tibbiyotning turli yo‘nalishlari, jumladan, stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi, oftalmologiya, neyroxirurgiya kabi sohalardagi ilmiy yangiliklarga oid ma’ruzalar tinglandi.

O‘zbekistonda jamiyatning barcha jabhalari qatori sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar ham yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Toshkentdagi bir qator klinikalarda, tibbiy oliy ta’lim muassasalarida mahorat darslarida ishtirok etdik. Bunday hamkorlik tibbiyot ravnaqiga xizmat qiladi.

Isroilning “Xorev” klinikasi rahbari, professor Roman Barak

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют