» » Bir hafta davomida onlayn auksion orqali sotilgan avtoraqamlar qiymati 2,5 mlrd so‘mni tashkil etdi

Bir hafta davomida onlayn auksion orqali sotilgan avtoraqamlar qiymati 2,5 mlrd so‘mni tashkil etdi


Onlayn auksion orqali 5-avgustdan 11-avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida 716 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib, Spot xabar berdi.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 milliard so‘mni tashkil qilgan.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 17,5 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 50,8 foizi ikkinchi va 31,7  foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir. Shu jumladan, birja savdolarining hajmi 618 milliard so‘mdan 681,5 milliard so‘mga yoki avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10,3 foizga oshgan.

Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati avvalgi haftaga nisbatan bir necha marotabaga o‘sib, 6 million dollarni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют