» » Tayson Fyuri: Joshua xomsemizga yutqazdi, endi uni hech kim yaxshi ko‘rmaydi

Tayson Fyuri: Joshua xomsemizga yutqazdi, endi uni hech kim yaxshi ko‘rmaydi


Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri super og‘ir vazn toifasida Endi Ruisga qarshi kechgan jangda nokautga uchragan Entoni Joshua haqida fikr bildirdi.

“Odamlarga mag‘lubiyatga uchragan bokschilar qiziq emas. Biz buni Joshua va Ruis o‘rtasidagi jangdan keyin ko‘rdik. Joshua marmardan yasalgan haykal singari edi, biroq keyin u mag‘lubiyatga uchradi, uni xomsemiz nokautga uchratdi.

Endi Joshuani barcha o‘sha kichkina xomsemizga mag‘lub bo‘lgan bokschi sifatida ko‘radi. Uni hech kim yaxshi ko‘rmaydi, pufak yorildi. Bizning olam shunaqa. Mag‘lubiyatga uchradingmi, tamom. Barcha odamlar g‘oliblarni yaxshi ko‘radi”, — deya Fyuri so‘zlarini keltirmoqda BoxingScene.

Eslatib o‘tamiz, 2-iyunda Joshua nokautga uchragan holda Ruisga yutqazgan va bir yo‘la 4 ta kamarni (WBA, WBO, IBF, IBO) qo‘ldan boy bergandi.

Yanada ko‘proq boks va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют