» » Toshkent viloyatida fermer xo‘jaliklarini yonilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ta’minlashni avtomatlashtirish tizimi haqida seminar o‘tkazildi

Toshkent viloyatida fermer xo‘jaliklarini yonilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ta’minlashni avtomatlashtirish tizimi haqida seminar o‘tkazildi


Respublika Hukumatining topshirig‘iga asosan 2017-yilning 25-mart kuni  “Kuchlik neft bazasi” UK tomonidan Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani misolida, fermer xo‘jaliklarini yonilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ta’minlash jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha taklif etilayotgan yangi tizim tavsifi haqida seminar o‘tkazildi. Seminarda Toshkent viloyati hokimi Sh.Boboyev, Vazirlar Maxkamasining mas’ul xodimlari, “O‘zneftmahsulot” AK xodimlari, Toshkent viloyatining qishloq xo‘jaligiga aloqador barcha korxona-tashkilot mutassaddilari,  O‘rtachirchiq tumani prokurori, IIB boshlig‘i va xodimlari  ishtirok etdi.

Tuman hokimligi  tashrifi asosida bo‘lib o‘tgan seminarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun zarur bo‘ladigan yonilg‘i-moylash mahsulotlari fermer xo‘jaliklariga FYoTShlarga biriktirilgan ko‘chma agregatlar orqali yetkazib berilish jarayoni qanday tarzda bo‘lib o‘tishi “Kuchlik neft bazasi” UK direktori tomonidan tushuntirilib o‘tildi.

Taklif etilayotgan yangi tizimga ko‘ra: O‘rtachirchiq tumanida mavjud 7 ta FYoTShlarning har birida 2 donadan tashish agregatlari bilan ishlash faoliyati yo‘lga qo‘yiladi; faoliyat yuritayotgan FYoTShlarda tumandagi qishloq xo‘jalik korxonalarining bir haftalik ehtiyojini qondiradigan yonilg‘i-moylash mahsulotlarini saqlash mumkin bo‘lgan mahsulot sig‘imlari va tegishli qurilmalar bilan jihozlanadi; yonilg‘i-moylash materiallarini tashish agregatlarining soni tuman ekin maydonlarining hajmi va masofasidan kelib chiqqan holda ta’minlanadi; FYoTShga borganda qabul qilinayotgan YoMM miqdori sig‘imga o‘rnatilgan qabul qilish moslamasi orqali to‘laligicha qabul qilingani nazorat ostiga olinadi; Monitoring markazlariga berilgan buyurtma va taqsimotga asosan olinadigan yonilg‘i miqdorlarini fermer-xo‘jaliklar kartalariga yuklab beriladi, hamda nazorat qilinadi; fermer-xo‘jaliklariga tarqatiladigan YoMM miqdori “Rider” moslamasi orqali kartochkalardan foydalaniladi, fermer-xo‘jalik dala maydonlariga yetkazib beriladi.

Опубликовано: admin (28-03-2017, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют