» » O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Xitoy elchisi bilan uchrashdi

O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Xitoy elchisi bilan uchrashdi


Bugun, 14-avgust kuni O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Xitoy elchisi Szyan Yan bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qiladi.

Uchrashuv chog‘ida afg‘onlararo tinchlik jarayonini ilgari surish bilan bog‘liq vaziyatning rivojlanishi, Afg‘oniston hududida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish istiqbollari hamda afg‘on kadrlarini tayyorlashga yordam ko‘rsatish borasidagi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining holati to‘g‘risida fikr almashildi.

Xitoy diplomatik vakolatxonasi rahbari Termiz shahridagi afg‘on fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi negizida Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston–Xitoy–Afg‘oniston uch tomonlama hamkorligini yo‘lga qo‘yishdagi Toshkentning sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Mazkur sohadagi hamkorlik doirasini kengaytirishga tomonlarning tayyorligi bildirildi.

Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston – Xitoy hamkorligining konstruktiv ahamiyatiga e’tibor qaratilgan holda mazkur mamlakat bo‘yicha ikki davlat maxsus vakillari o‘rtasida fikr almashishni muntazam davom ettirishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 101) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют