» » Toshkent shahri aholisidan Virtual qabulxonaga 140 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi

Toshkent shahri aholisidan Virtual qabulxonaga 140 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi


Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati xodimlari hamda poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida aholi vakillari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni joyida hal etishga va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga bag‘ishlandi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahri hamda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimliklari xodimlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, tegishli boshqarma va tashkilotlar rahbarlari aholi bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, shu yilning 25-mart kuniga qadar Virtual qabulxonaga jami Toshkent shahrida istiqomat qiladigan fuqarolar tomonidan 140 674 ta murojaat yuborilgan, shularda 16 843 tasi Mirzo Ulug‘bek tumaniga to‘g‘ri keladi. Jumladan, ularning 21 foizi – uy-joy olish va uy-joy qurish uchun yer ajratish masalasiga, 9,6 foizi – sudlarda jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari, xo‘jalik sudlarida ishlar ko‘rilishi hamda sud qarorlarining ijro etilishi masalalariga, 8,5 foizi – moddiy yordam, ish haqi, pensiya ta’minoti hamda bolalar nafaqasini olish masalalariga oiddir.

Tadbirda 170 ga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqilib, ularning aksariyat qismi ijobiy hal etildi.

Ko‘rib chiqilgan barcha murojaatlar bo‘yicha shahar va tuman mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhi

Опубликовано: admin (28-03-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют