» » Mudofaa vazirligida harbiy mobil innovatsion tibbiy markaz yaratildi

Mudofaa vazirligida harbiy mobil innovatsion tibbiy markaz yaratildi


14-avgust, chorshanba kuni Mudofaa vazirligida harbiy mobil innovatsion tibbiy markazning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga xabar berdi.

Unda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul vakillari ishtirok etdi.

Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va jahon talablariga to‘liq javob beruvchi mazkur harbiy mobil innovatsion markazning afzalligi shunda-ki, unda bir vaqtning o‘zida ikki nafar og‘ir ahvoldagi bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatish, yana bir nafar bemorda jarrohlik amaliyoti o‘tkazish imkoniyati mavjud va u har qanday iqlim sharoitida ishlashga mo‘ljallangan.

“Ushbu markazda barcha murakkab jarrohlik amaliyotlari, jumladan, konikotamiya, traxeostamiya, laprosintez, tarakosintez, yurak jarohatlanganda jarohat olgan qon tomirlarini tikish yoki vaqtincha shunt qo‘yish bajariladi. Mobil markazda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilayotganida jarohatga infeksiya tushishining oldini olish maqsadida maxsus to‘siq va ichkaridagi havoni tashqariga chiqaruvchi havo filtiri o‘rnatilgan”, — deydi Mudofaa vazirligi tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Abdug‘ani Yo‘ldoshev.

Shuningdek, bu yerda jarrohlik lampasi ustiga kamera joylashtirilgan bo‘lib, bu orqali joylardagi harbiy gospitallarning tajribali mutaxassislari jarayonni bevosita onlayn tarzda kuzatishi, zarur holda o‘z tavsiya va maslahatlarini berishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют